Player_logo Podcasts Community Create a Podcast

Hurmatli Domla, Sizning javoblaringiz uchun Alloh taolo har bir harfiga ajru hasanotlar bersin.

Savol: Qabrlarning balandligi qancha bo'lish kerak? Kabrlar ustiga qilinayotgan marmar toshlarga o'lgan marhumlarning ismlari yozilishi to'g'rimi?

Otabek.

Javob: Qabrlarni bezash, ularning ustiga marmar toshlar o'rnatish joiz emas.

صحيح الترمذي: عَنْ جَابِرٍ قَالَ: نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ تُجَصَّصَ الْقُبُورُ وَأَنْ يُكْتَبَ عَلَيْهَا وَأَنْ يُبْنَى عَلَيْهَا وَأَنْ تُوطَأَ

Jobir raziyallohu anhudan rivoyat. Nabiy sollallohu alayhi va sallam qabrlarni gips bilan suvash, bosish, ularning ustiga yozish va bino qurishdan qaytardilar. Termiziy rivoyati. Fuqaholar qabrlarning balandligi bir qarichdan sal oshiqroq bo'lishiga ruxsat etishgan. Mayyitning egalari keyinchalik qabrni topa olmay qolishdan cho'chisalar, qabr ustiga biror belgi qo'ysalar bo'ladi. Bu belgi kichikroq bir tosh bo'lishi mumkin. Qabrlar ustiga yozuv yozmaslik afzal. Ammo ba'zi ulamolar qabrda yotgan odamning kim ekanini ajratib olish uchun mayyitning ismini kichkina qilib yozish joiz, deyishgan vallohu a'lam. Qabrga Qur'on oyatlari, hikmatli so'zlar yozishga ruxsat berilmagan. Mavzu tafsiloti:
• Hadislarda qabr ustiga ishlov berish haqida nima deyilgan?
• Qabr ustiga marmar tosh qo'yish haqida Al-Azhar universiteti fatvosi;
• Qabrning balandligi qancha bo'lishi kerak?
• Qabr ustiga yozuv bitish haqida ulamolar so'zlari.

Shayx Obidxon qori
http://www.islomovozi.com/?p=275

[PLAY]